Termiz Davlat Universitetida “Sudga oid xatshunoslik ekspertiza nazariyasi va asoslari mavzusida o‘quv va amaliy mashg‘uloti o‘kazildi
Joriy yilning 15-fevral kuni Surxondaryo viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi bosh eksperti podpolkovnik I.A.Alimov Termiz Davlat Universitetining “Amaliy filologiya” ta’lim yo‘nalishining birinchi bosqich talabalari ishtirokida “Lingvistik ekspertiza nazariyasi” fanidan bugungi kundagi ahamatga ega bo‘lgan “Sudga oid xatshunoslik ekspertiza nazariyasi va asoslari” mavzusida o‘quv va amaliy mashg‘uloti o‘kazildi.
O‘quv jarayonida yosh talabalarga, xozirgi kunda Xatshunoslar tomonidan turli qo‘lyozma yozuvlar, raqamli belgilar, hujjatlardagi imzolarning bajaruvchisi haqidagi ma’lumotlarni va hujjatning tuzuvchisini aniqlash, fuqaroviy da’volarni ko‘rib chiqishda, jinoyatning oldini olish va ochishda ahamiyatga ega bo‘lgan turli hujjatlarni tuzish (yozish sharoiti, yozuvchining holati) bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa haqiqiy ma’lumotlarni aniqlashga yordam berishlikni hamda hisob-kitob hujjatlarini qalbakilashtirish orqali amalga oshirilgan firibgarlik va o‘g‘rilik fakti bo‘yicha jinoyat ishlarini tergov qilishda xatshunoslik ekspertizasiining o‘rni alohida ahamiyatga ega ekanligi haqida tushunchalar berildi. O‘tkazilgan tadbirda talabalar tamonidan berilgan savollarga mutaxassis tamonidan javob berildi.
Surxondaryo viloyati Axborot xizmati