27 Aprel 2022 yil
502
Termiz Davlat universitetida, "Xotin-qizlar huquqiy madaniyatini rivojlantirish istiqbollari" mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Termiz Davlat universitetida, Surxondaryo viloyat Prokuraturasi, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Xotin-qizlar masalalari bo‘limi va Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish Markazi, Termiz shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Termiz Davlat Universiteti bilan hamkorligida "Xotin-qizlar huquqiy madaniyatini rivojlantirish istiqbollari" mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, Termiz shahar IIB Probatsiya hisobidan turuvchi xotin-qizlar, VЕIHYOK Markazidagi voyaga yetmagan qizlar, Termiz Davlat Universiteti talaba va o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
O‘tkazilgan yig‘ilishda, "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonun, "Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi 2022 yil 1 mart kunidagi 146-sonli Qonuni, "O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash hamda ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi to‘g‘risida"gi Nizomning mazmun mohiyati ishtirokchilarga tushuntirib o‘tildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda siyosiy faoligini kuchaytirishdan iborat. Mavzuga oid videorolik namoyish etildi va bukletlar tarqatildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga Termiz Davlat Universitetining iqtidorli talabalari tomonidan ashula va raqs, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, yig‘ilish ishtirokchilarida katta taasurot qoldirdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati