28 Oktyabr 2022 yil 405

Termiz davlat universiteti talaba yoshlari o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.

Termiz davlat universitetida talaba yoshlar o‘rtasida erta turmushga chiqishning salbiy oqibatlari, nikoh yoshi, qarindoshlar o‘rtasida nikoh va uning huquqiy oqibatlari olish maqsadida "Yoshlarni tibbiy, psixologik va huquqiy savodxonligi oila mustahkamligining poydevori" mavzusida Xorijiy filologiya hamda Ijtimoiy fanlar fakultetida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Surxondaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi M.Sahieva, Viloyati majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi katta inspektori Q.Tursunov, Viloyati majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyat boshqarmasi qidiruv bo‘limi inspektori U.Xaydarov, Termiz shahar IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor kapitan S.Allanazarova va Voyaga yetmaganlar bo‘yicha inspektor psixolog G.Bozorova ishtirok etdi.

Suhbatda talaba-yoshlarning huquqlari,  birinchi tez yordam ko‘rsatish chora-tadbirlari haqida, oilada va tushmush qurishda uchraydigan muammolarni bartaraf qilish kabi mavzularda talaba-qizlar bilan suhbatlashishdi.

Text to speech