28 Yanvar 2023 yil 367

Termiz davlat universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash tashabbusi bilan 6-Talabalar turar joy binosida istiqomat qiluvchi qizlar bilan "Siz-qonun himoyasidasiz!", "Ayol e’zozda" mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Termiz davlat universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.Hamzaeva, Termiz shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori kapitan S.E.Allanazarova, Termiz davlat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika inspektorlari, Termiz davlat universiteti psixologi D.Murodxo‘jaeva, O‘zbek filologiyasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari va fakultet tyutorlari ishtrok etdi.

Ushbu yig‘ilishda, xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy savodxonliklarini, ularning jamiyatdagi mavqeyini oshirish, gender tengligi masalalari bo‘yicha qabul qilinayotgan yangi qonun va qarorlardan talaba qizlar xabardor qilinib, zo‘ravonlik turlari, bu borada olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar, xotin-qizlarning haq-huquqlari to‘g‘risida ma’ruzalar o‘qildi.

Tadbir davomida, talaba qizlar tomonidan bildirilgan fikr mulohazalar tinglanib, berilgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

Text to speech