31 Yanvar 2025 yil 741

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari va sohaviy xizmat rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 31 yanvar kuni Termiz davlat universitetida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i Sherzod Shadiev, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Tergov boshqarmasi boshlig‘i Xurshid Atanazarov, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiber xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Mansur Xo‘jaev hamda viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari O‘lmas Hamidov, Termiz davlat universiteti birinchi prorektori O.Shofiev, fakultet mas’ullari hamda talaba-yoshlar ishtirokida o‘tgan profilaktik muloqotlarda mutasaddilar tomonidan kibrxavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish borasidagi vazifalarda  jamoatchilikning ishtiroki va har bir shaxsning dahldorlik munosabati katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuv asnosida  talabalarga Ichki ishlar organlariga ishga qabul qilish tizimida yaratilgan qulayliklar va  jarayonlari xususida ma’lumotlar berildi.

Namoyish etilgan video rolik orqali esa kishilarni ogohlikka undovchi va barcha birdek bilib amal qilishi lozim bo‘lgan  ko‘rsatmalar ta’sirchan yetkazildi.

Text to speech