15 Aprel 2024 yil 444

Termiz davlat universitetida “Kiberjinoyatlardan ogoh bo‘ling!” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv xixmati Kiberxavfsizlik bo‘limi ishchi guruhi tomonidan Termiz shahrida joylashgan Termiz davlat universitetining Chet tillari fakultetida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Mazkur o‘tkazilgan “Kiberjinoyatchilik va ularning sodir etilishiga sabab bo‘layotgan asosiy omil va sharoitlar” mavzusidagi profilaktik tadbirda hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib qilinib, sodir etilayotgan kiberjinoyatlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, feyk havolalar, keng tarqalib borayotgan kiberjinoyatchilik turlari haqida tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida, shu kabi qonunbuzarliklar, firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik yuzasidan tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalari, ularning sabab va oqibatlari, harakat davomida qoidalarga amal qilish kerakligi haqida ham so‘z yuritildi.  Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Tadbir davomida 100 nafarga yaqin talabalar va ustozlar jamoasi faol ishtirok etishdi.

Text to speech