25 Yanvar 2025 yil
545
Termiz davlat universitetida talaba-yoshlarni ogohlikka chorlovchi tadbir tashkil etildi.
Unda "Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash-barqarorlik omili!", "Internetda ekstremizm g‘oyalari targ‘ibotidan ehtiyot bo‘ling!" va "Milliy qonunchilikdagi diniy faoliyatni tartibga soluvchi ayrim huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati" mavzularida tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati davomida, talaba yoshlar e’tiboriga jinoyat qurboni bo‘lishning oldini olish maqsadiga qaratilgan videorolik namoyish etildi. Shuningdek, talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.