25 Fevral 2024 yil 555

Termiz davlat universitetida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish”ga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat komissiyasining bayoni va narkotik moddalarni suiiste’mol qilish va noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha 2021 – 2025 yillarga mo‘ljallangan kompleks choralar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida, joylarda 2024 yilning 1 fevral kunidan 1 mart kuniga qadar manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilib kelinmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Termiz davlat universiteti talaba yoshlari bilan o‘tkazildi. Targ‘ibot tadbirida viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati mas’ullari, Termiz davlat universiteti o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi.

O‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri davomida, talaba yoshlarga narkotik moddalarni suiiste’mol qilish va noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish hamda Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish borasida viloyatda olib borilayotgan ishlar hususida ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan javoblar olishdi.

Text to speech