Termiz Davlat Universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti talabalari ishtirokida "Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning yoshlar xayotiga salbiy ta’siri mavzusida” targ‘ibot-tashviqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirining 2019 yil 30 sentabr kunidagi "Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
kursant va tinglovchilarining Ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish
to‘g‘risida"gi buyrug‘i hamda Akademiyaning 2023/2024 o‘quv yilidagi o‘quv
jarayoni jadvali ijrosini ta’minlash maqsadida IIV Akademiyasi boshlig‘ining
2024-yil 16-yanvar kunidagi Farmoyishining reja topshirig‘iga asosan, amaliyot davomida
har bir kursant o‘zi ta’lim olgan maktab va IIV akademik litseyi, shuningdek o‘zi
istiqomat qilayotgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida hamda oliy ta’lim muassasalarida
"Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning yoshlar hayotiga salbiy ta’siri"
mavzusida targ‘ibot tadbirini amalga oshirishlari belgilangan.
Shu bois kuni kecha Termiz Davlat
Universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti talabalari ishtirokida "Narkotik
vositalar va psixotrop moddalarning yoshlar hayotiga salbiy ta’siri mavzusida” targ‘ibot-tashviqot
uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbirda IIV Akademiyasi, Surxondaryo
viloyati IIB va Termiz shahar IIB mas’ul xodimlari hamda IIV Akademiyasi 3-o‘quv
kursantlari ishtirok etishdi.
O‘tkazilgan targ‘ibot tashviqot uchrashuvida Universitet
talabalariga, joriy yilning 1-fevral kunidan 1-mart kuniga qadar mamlakatimizda
o‘tkazilayotgan "Yoshlar orasida giyoxvantlik vositalarini tarqalishiga qarshi
kurash" oyligi doirasida bukletlar tarqatilib, tushunchalar berildi hamda videorolik
namoyish etildi.