26 Aprel 2024 yil 513

Termiz davlat universitetida "Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosobatni shakllantirish" mavzusida davra suhbari tashkil etildi.

Joriy yilning 26-aprel kuni Termiz davlat universitetida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturining 25-bandida belgilangan “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosobatni shakllantirish” mavzusida davra suhbari tashkil etildi.

Tadbirda, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari vakillari, oliygoh talaba yoshlari hamda o‘qituchilari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida, “Ijtimoiy fanlar” fakulteti dekani N.Ochilov, Surxondaryo viloyati IIB JQB korrupsiyaga va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili J.Nafasov, Surxondaryo viloyati Sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari – D.Alimurodova va S. Raximov hamda viloyat jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari – I.Abrayev va O. Ergashev, oliygoh korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i U.Devonovlar “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish” va “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish” mavzularida so‘z yuritdilar.

Text to speech