17 Fevral 2024 yil 523

Termiz Davlat universitetida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

Kuni kecha, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi, Surxondaryo viloyati prokuraturasi hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudi mas’ul xodimlari ishtirokida Termiz Davlat universiteti talabalari o‘rtasida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Termiz Davlat universitetining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida ma’ruzachilar tomonidan korrupsion jinoyatlarning kelib chiqishiga sharoit yaratuvchi sabab va omillar, ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari hamda jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Xususan tadbirda so‘zga chiqqan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi Kadrlar guruhi katta inspektori mayor Sh.Rahimov korrupsion jinoyatlarni sodir etilishida talaba yoshlarning ishtirok etayotganligi salbiy holat ekanligini alohida ta’kidlab bu borada yig‘ilganlarga amaliy misollar keltirdi.    

Tadbir yakunida ma’ruzachilar talaba yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.

Text to speech