Termiz davlat universitetida "Shaxslararo munosabatlarni yaxshilash" mavzusida tadbir tashkil etildi
Universitetining xorijiy tillar yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari va mas’ullari hamda Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda ayni damda vohamizda bo‘lib turgan chet el fuqarolari talabalari va o‘qituvchilari ham taklif etildi.
Samimiy muloqotlar jarayonida yurtimizga kelayotgan xorijiy mehmonlarning xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va bu yo‘nalishda erishilayotgan yutuqlar xususida ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida samarali muloqot va insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash xizmat qiladigan psixologik trening o‘yinlar o‘tkazildi. Musiqiy chiqishlar tadbirning yanada qiziqarli va mazmunli o‘tishini ta’minladi.