17 Oktyabr 2024 yil 488

Termiz davlat universiteti Yuridik fanlar fakulteti talabalariga o‘quv mashg‘ulot o‘tkazildi.

Kuni kecha Termiz shahar IIB Ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti katta leytenant Islom Norbekov tomonidan Termiz davlat universiteti "Jinoyat xuquqi va fuqarolik protsessi" kafedrasi 4-bosqich talabalariga "Kriminalistik taktikaning umumiy qoidalari va hodisa joyini ko‘zdan kechirishda daliliy ashyolarni olish va rasmiylashtirish tartibi" mavzusida amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘tkazilgan mashg‘ulot davomida, talabalarga hodisa joyini ko‘zdan kechirish tartibi va e’tibor berilishi lozim bo‘lgan holatlar batafsil tushuntirildi. Shuningdek,  talabalar Ekspert-kriminalistika faoliyatining sir-asrorlari bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Text to speech