Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faol a’zolaridan iborat "Qalqon" jamoatchilik guruhi yangi o‘quv yilidagi o‘z faoliyatlarini boshladi.
Ma’lumot
o‘rnida, universitet talabalari orasidan saralab olingan “Qalqon” guruhining 30
nafar ko‘ngilli yoshlari oliygoh va yotoqxona hududida jamoat tartibini saqlash,
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, ijtimoiy-ma’naviy
muhitni barqarorlashtirishda profilaktika inspektorlariga yaqindan yordam berishadi.