11 Fevral 2025 yil 567

Termiz davlat universitetida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” kompleks profilaktik tadbiri oyligi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Termiz davlat universitetida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” kompleks profilaktik tadbiri oyligi doirasida, “Yoshlar orasida psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish” mavzusiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi hamda viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati mas’ul xodimlari, Respublika Ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Narkologiya xizmati bo‘yicha Surxondaryo viloyati bo‘yicha filiali vrach narkologi, Termiz davlat universiteti mas’ullari, profilaktika inspektorlari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Mavzu yuzasidan yig‘ilganlarga “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” kompleks profilaktik tadbiri oyligini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad va vazifalar tushuntirildi.

Shuningdek, kelajak avlod vakillari ayniqsa yosh yigit-qizlar tarkibida giyohvand moddalar mavjud bo‘lgan tabletkalarni, sintetik giyohvand vositalarini iste’mol qilishlari oqibatida bu jirkanch illatga qaram bo‘lib qolishayotganliklari, oqibatda turli ko‘ngilsiz holatlar, og‘ir oqibatli jinoyatlar va davosi topilmas kasalliklarga mubtalo bo‘layotganliklari haqida dalillarga asoslangan ma’lumotlar keltirildi.

Uchrashuv davomida, talaba yoshlarga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga qarshi kurashish, unga qaramlikning oldini olishga qaratilgan bukletlar tarqatildi. 

Talaba yoshlar mas’ullarga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishib, ularga atroflicha javoblar olishdi.

Text to speech