7 Dekabr 2023 yil 807

Termiz Davlat universitetida Bosh qomusimiz targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 7 dekabr kuni Termiz Davlat Universitetining Yuridik fakultetida 8 dekabr – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati" bilan Konstitutsiyaning mazmun mohiyatini o‘rganish yuzasidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yuridik ta’minlash bo‘limi xodimi podpolkovnik M.Shoymardonov, viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tergovchisi mayor F.Rahimovlar ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda,   talabalarga yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizdagi o‘zgarishlar, kiritilgan yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida talabalar e’tiboriga video rolik namoyish etildi.

Shundan so‘ng, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha vakillaridan tegishli bo‘lgan javoblar olishdi.

Text to speech