11 Dekabr 2021 yil 398

Termiz Davlat Pedagogika universitetida "Zo'ravonlikka qarshi kurashamiz!"shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.

Ma'lumki, Birlashgan Millatlar tashkiloti bosh Assambleyasining 1999 yil 17 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 25 noyabr — "Xalqaro ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish kuni"-deb, e'lon qilingan.
Shu munosabat bilan yurtimizda "Gender zo'ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar" kompaniyasi Termiz Davlat Pedagogika universiteti talaba qizlari o'rtasida, "zo'ravonlikka qarshi kurashamiz!"shiori ostida tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Tadbirda, xotin-qizlarning huquq va manfaatlari, zo'ravonlik, ruhiy zo'ravonlik, jismoniy zo'ravonlik, jinsiy zo'ravonlik, iqtisodiy zo'ravonlik, ta'ziyq, gender atamalari hamda gender tenglikni ta'minlash yuzasidan slaydlar yordamida batafsil tushunchalar berildi.
Universitetda ushbu mavzuda davra suhbati hamda rasmlar tanlovi ham tashkil qilindi.

Text to speech