31 Oktyabr 2025 yil 36

Termiz davlat pedagogika institutida profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi davom etmoqda.

Termiz davlat pedagogika instituti Tabiiy va aniq fanlar fakultetida profilaktika inspektorlari kapitan S.Amanov, katta leytenant B.Allaberdievlar tomonidan  profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida davomat, “tig‘” tadbirlari, tartib-intizom, kiberxavfsizlik masalalari hamda talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularning huquqiy oqibatlari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Mazkur tadbir yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga, shuningdek, mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Text to speech