25 Sentyabr 2025 yil 145

Termiz davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat va san’at fakultetida profilaktik tadbir

Termiz davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat va san’at fakultetida talaba-yoshlar oʻrtasida sogʻlom muhitni shakllantirish, ularni huquqiy ong va madaniyat ruhida tarbiyalash maqsadida navbatdagi profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari X. Mirzayev, fakultet tyutorlari hamda institutning profilaktika inspektorlari S. Amanov va B. Allaberdiyev ishtirok etishdi.

????Uchrashuv davomida talabalarga:

????davomat va intizom masalalari,

????oriyat va odob-axloq qoidalariga rioya qilish,

????kiberxavfsizlikni ta’minlash va internetdan to‘g‘ri foydalanish,

????jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish,

????huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari

????xususida keng tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, talabalarni ogohlikka, o‘z vaqtini unumli sarflashga, salbiy odatlardan yiroq bo‘lishga undash, ularda Vatanga sadoqat, fuqarolik mas’uliyati va qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, talabalarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Text to speech