Termiz davlat pedagogika institutida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, talaba-yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz talaba” oyligi doirasida tashkil etilib, unda Termiz davlat pedagogika instituti profilaktika inspektorlari kapitan Sardor Amanov, katta leytenant Baxodir Allaberdiev va boshqa ma’sullar ishtirok etishdi.
Ishtirokchilarga
Odam savdosi, noqonuniy migratsiya, diniy ektremizm va terorizmga qarshi kurash,
hamda ushbu xalqaro jinoyatlardan jabirlanishning oldini olish ijtimoiy tarmoq internet
olamidan to‘g‘ri foydalanish va norasmiy saytlardan aldanib qolishning oldini olish
mavzulari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Talabalar bilan ochiq muloqot
tashkil etilib, ularni xabardor qilish maqsadida ko‘rgazmali bukletlar tarqatilib
video roliklar namoyish etildi.
Tadbir
davomida talabalar orasida odam savdosining xavfli oqibatlari, uning oldini olish
yo‘llari hamda huquqiy savodxonlikni oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yoshlarni
ogohlikka, hushyorlikka va o‘z huquqlarini bilishga undash maqsadida tashkil etilgan
ushbu tadbirda ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.
Odam savdosiga qarshi kurash — har birimizning fuqarolik burchimiz!