5 Noyabr 2025 yil 70

Termiz davlat pedagogika institutida “Kiber madaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Termiz davlat pedagogika instituti pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida “Kiber madaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda institut profilaktika inspektorlari Bahodir Allaberdiev, Sardor Amanov, shuningdek, fakultet tyutor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida, ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilayotgan firibgarlik va o‘g‘rilik kabi jinoyatlar, ularning oldini olish choralari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Talabalarga onlayn xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va kiberjinoyatlardan himoyalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir talaba-yoshlarning kiber savodxonligini oshirish va axborot madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

Text to speech