Termiz davlat pedagogika institutida yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga bag‘ishlangan profilaktik targ‘ibot seminar-davra suhbati o‘tkazildi
2025-yil 31-oktabr kuni Termiz davlat pedagogika instituti Tillar fakultetida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va talabalarda ushbu borada huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi
boshqarmasi xodimlari safdor H. Abrayqulov, leytenant E. Chorshanbiev, shuningdek,
institut profilaktika inspektorlari S. Amanov va B. Allaberdievlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida, talabalarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishning
ahamiyati, piyodalar, haydovchilar va velosipedchilar ishtirokidagi yo‘l-transport
hodisalarining oldini olish choralari, shuningdek transport vositalaridan foydalanishda
ehtiyotkorlik va mas’uliyat masalalari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida profilaktik ishlarni kuchaytirish borasidagi ma’lumotlar ham taqdim etildi.