28 Fevral 2024 yil 540

Termiz Davlat Pedagogika institutida, Ichki ishlar boshqarmasi hamda boshqa hamkor tashkilot xodimlari va talabalar ishtirokida psixologik seminar-trening tashkil etildi

O‘zbekiston  Respublikasi IIVning 2023 yil 10 aprel kunidagi “Ichki ishlar organlari faoliyatini psixologik ta’minlashning sifat jixatdan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatining mas’ul xodimlari tomonidan “Stress holatlarini olidini olishning psixologik usullari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda Ichki ishlar organlari, Termiz shahar harbiy qismi, Surxondaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasining harbiy xizmatchilari hamda Termiz davlat institutining professor o‘qituvchi va talabalari ishtirok yetishdi.

Yig‘ilish ishtirokchilariga Termiz davlat Pedagogika institutining “Psixologiya” kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Narbasheva Mehri Achilovna “Stress xolatlarini olidini olishning psixologik usullari” yuzasidan ma’ruza qildi.

Shundan so‘ng institutning professor o‘qituvchilari tomonidan stress holatlarini olidini olishga bag‘ishlangan psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘qituvchilar viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tashakurnomasi bilan taqdirlanishdi.

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki o‘tkazilayotgan bu kabi trening mashg‘ulotlar huquqtartibot organlari xodimlari, harbiy xizmatchilar, talabalarning kelgusi faoliyatlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlar hamda tushunmovchiliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech