22 Oktyabr 2025 yil 103

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Tig‘” profilaktik tadbiri

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida universitet profilaktik inspektori Sh. Aliyarov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hodimlari tomonidan Mexanika va konchilik ishi fakultetida “Tig‘” profilaktik tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalar bilan ochiq muloqot shaklida tushuntirish ishlari olib borildi. Ayniqsa, o‘quv muassasalariga tig‘li va boshqa xavfli vositalarni olib kelish mumkin emasligi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirishlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish – BHMning ikkidan bir qismidan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishdan tortib, 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Asos: O‘zR MJtKning 185-2-modda va 185-3-moddasi. (https://lex.uz/docs/97664)

Text to speech