Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida kiber madaniyat targ‘iboti o‘tkazildi
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Energetika va sanoat muhandisligi fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida “Kiber madaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitetning profilaktika inspektori
Sherzod Aliyarov yoshlarga onlayn xavfsizlik va kiber madaniyat bo‘yicha amaliy
yo‘riqnomalar berdi.
Uchrashuv davomida ijtimoiy tarmoqlardagi
firibgarliklar, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash va boshqa kiber jinoyatlar
muhokama qilindi. Talabalarga ushbu jinoyatlar qurboni bo‘lmaslik uchun zarur
profilaktik choralar va tavsiyalar taqdim etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi universitet talaba-yoshlarining kiber savodxonligini oshirish va ularni onlayn muhitda xavfsiz harakat qilishga chorlashdan iborat bo‘ldi.