Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida kiber madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Qurilish va irrigatsiya fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida “Kiber madaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar
universiteti profilaktika inspektori Sherzod Aliyarov hamda professor o‘qituvchilar
ishtirok etdi.
Uchrashuv
davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilayotgan firibgarlik, o‘g‘rilik kabi
jinoyatlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, bunday jinoyatlarning qurboniga aylanmaslik
uchun zarur bo‘lgan amaliy tavsiyalar va profilaktik chora-tadbirlar berildi.
Tadbir Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talaba-yoshlarining kiber savodxonligini oshirish va ularni onlayn xavfsizlik qoidalariga amal qilishga chorlashga qaratildi.