Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Qo‘shma-Qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining qo‘shma qaroriga asosan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Uchqun Yakubov yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga masu’l etib biriktirilgan.
Shu sababli bugun,
28-mart kuni, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
o‘rinbosari-Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Uchqun Yakubov tomonidan Termiz davlat muhandislik
va agrotexnologiyalar universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik
va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida uchrashuv va sayyor qabul tashkil etildi.
Uchrashuv davomida, talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik
jamiyatining tamoyillari, jamoat xavfsizligi hamda yoshlarning huquqiy madaniyatini
rivojlantirish masalalari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar bo‘yicha mutaxassislardan
bevosita javoblar olishdi.
Sayyor qabul davomida bildirilgan murojaatlar diqqat bilan tinglanib, ayrim
masalalar joyida hal etildi va huquqiy maslahatlar berilib muddat talab qiladigan
murojaatlarni tegishli idoralar bilan hamkorlikda hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlar
belgilab olindi.
Mazkur uchrashuv, nafaqat talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, balki
ularning jamiyatdagi faolligini oshirish, o‘z haq-huquqlarini anglash va mas’uliyatni
his qilishga ko‘maklashishga xizmat qildi.
Yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish bo‘yicha kelgusida bu kabi uchrashuvlar davom ettirilishi rejalashtirildi.