Termiz shahrining Bog‘ishamol mahallasida Qo‘riqlash boshqarmasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida "Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi
Mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash va qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida Respublikamiz bo‘ylab Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarning ikkinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. Ushbu profilaktik tadbirlarda, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga, hududlarni tinch va xavfsiz maskanga aylantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadbirlar doirasida Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida Termiz shahrining Bog‘ishamol mahallasida ishsiz yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari "Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi. Unda yoshlarga davlat tashkilotlari, korxonalar va xususiy sektorlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berilib, bandligini ta’minlash choralari ko‘rildi.