20 Fevral 2025 yil 861

Termiz shahridagi ta’lim muassasasida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” kompleks profilaktik tadbiri oyligi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Termiz shahridagi 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” kompleks profilaktik tadbiri oyligi doirasida, “Yoshlar orasida psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish” mavzusiga bag‘ishlangan uchrashuv hamda xizmat itlari yordamida ko‘rgazmali chiqish tashkil etildi.

Tashkil etilgan uchrashuvda viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya xizmati mas’ul xodimlari, 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab mas’ullari, profilaktika inspektorlari hamda 10 va 11-sinf o‘quvchi yoshlari ishtirok etishdi.

Mavzu yuzasidan yig‘ilganlarga “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” kompleks profilaktik tadbiri oyligini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad va vazifalar tushuntirildi.

Shuningdek, kelajak avlod vakillari ayniqsa yosh yigit-qizlar tarkibida giyohvand moddalar mavjud bo‘lgan tabletkalarni, sintetik giyohvand vositalarini iste’mol qilishlari oqibatida bu jirkanch illatga qaram bo‘lib qolishayotganliklari, oqibatda turli ko‘ngilsiz holatlar, og‘ir oqibatli jinoyatlar va davosi topilmas kasalliklarga mubtalo bo‘layotganliklari haqida dalillarga asoslangan ma’lumotlar keltirildi.

Uchrashuv davomida, o‘quvchi yoshlarga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga qarshi kurashish, unga qaramlikning oldini olishga qaratilgan bukletlar tarqatildi. 

O‘quvchilar mas’ullarga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishib, ularga atroflicha javoblar olishdi.

Text to speech