Termiz shahridagi ta’lim muassasasida Kiber jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Termiz shahar 3-sonli umumta’lim maktabida “Kiberjinoyatchilik
va ularning sodir etilishiga sabab bo‘layotgan asosiy omil va sharoitlar” mavzusida
“Otalar majlisi” bo‘lib o‘tdi. "Shodlik" mahallasi yettiligi, maktab mas’ullari
hamda Surxondaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi katta
tezkor vakili A.Yalg‘ashov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kata o‘qituvchisi
O‘.Jiyanovlar ishtirok etishdi.
Mavzu
yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB Tezkor
qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi katta tezkor vakili A.I.Yalg‘ashov so‘zga
chiqib, hozirgi kunda sodir etilayotgan axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi
sohasidagi jinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashishni samaradorligini
oshirish maqsadida, ota-onalarga, kibermakonda sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar
bo‘yicha huquqiy tushunchalar, ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar
hamda fuqarolarga bank plastik karta kodlarini begona shaxslarga bermaslik bo‘yicha
tavsiyalar berildi.