27 Sentyabr 2024 yil 182

Termiz shahridagi ta’lim dargohlarida ichki ishlar organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Termiz shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Mavlon Bozorovga biriktirilgan otaliqqa olingan Termiz shahridagi 2 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 220 nafar o‘quvchi yoshlarlari ishtirokida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda yoshlarning qiziqishlari va ularni qiynab kelayotgan muammoli masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida, yoshlar o‘zlarining qiziqishlari bilan o‘rtoqlashish asnosida, ba’zi muammolarini ham bayon etishdi. Mas’ullar aniqlangan muammo va kamchilliklarni birgalikda bartaraf etish choralarini ko‘rishdi.

Text to speech