9 Dekabr 2023 yil
864
Termiz shahridagi Prezident maktabida Viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi.
O‘tkazilgan
tadbirda Viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i
mayor F.Qodirov hamda Yo‘l harakati xavfsizligi
guruhi katta inspektori mayor G‘.Jumaevlar o‘quvchilarga yurtimizda jamoat xavfsizligi
sohasida, aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan
keng ko‘lamli islohotlar hamda Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari haqida ma’lumotlar
berdi.
Targ‘ibot tadbiri davomida yo‘l harakati qoidalariga amal qilish
bo‘yicha o‘quvchilar uchun maxsus tayyorlangan bukletlar tarqatildi.