Termiz shahridagi maktablarda ichki ishlar organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan navvbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Termiz shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari Tergov bo‘limi boshlig‘i mayor X.Farmonovga
biriktirilgan otaliqqa olingan Termiz shahridagi 6 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining
9-10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini
olish hamda yoshlarning qiziqishlari va ularni qiynab kelayotgan muammoli masalalarini
o‘rganishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, Termiz shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash
guruhi katta inspektori mayor A.Amanov, hudud profilaktika inspektori leytenant
O.Latipov hamda maktabga biriktirilgan Milliy gvardiya bolalar bilan ishlash guruhi
inspektor psixologi katta leytenant U.Bo‘rievlar ham ishtirok etib maktab o‘quvchilarini
qiziqtirgan savollariga javoblar berishdi.