28 Sentyabr 2024 yil 171

Termiz shahridagi maktablarda ichki ishlar organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Termiz shahar IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i mayor Sherzod Xolmo‘minov hamda shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori mayor Amanov Alisherlarga biriktirilgan otaliqqa olingan Termiz shahridagi 14 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 135 nafar o‘quvchi yoshlarlari ishtirokida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda yoshlarning qiziqishlari va ularni qiynab kelayotgan muammoli masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida, yoshlar o‘zlarining qiziqishlari bilan o‘rtoqlashib, ba’zi muammolarini ham bayon etishdi. Mas’ullar aniqlangan muammo va kamchilliklarni birgalikda bartaraf etish yuzasidan fikr mulohazalarini bildirishdi.

Text to speech