Termiz shahridagi maktablarda “Tig‘”, “Davomad” profilaktik tadbirlar davom etmoqda.
Termiz shahar IIB
boshlig‘i podpolkovnik U.R.Shukurov tomonidan
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inspektor-psixologlar bilan birgalikda
“Tig‘”, “Davomad” profilaktik tadbirlari o‘tkazildi.
Profilaktik tadbir
davomida o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni, tan jarohati
bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish, o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlariga to‘liq
qatnashishi, dars mashg‘ulotlariga sababsiz kelmagan o‘quvchilarni darsga qaytarish
choralari ko‘rildi.
O‘quvchilar o‘zlari
bilan birga sumkalarida o‘tkir tig‘li jismlar, sovuq qurol sifatida foydalanilishi
mumkin bo‘lgan ashyolarni bor yoki yo‘qligini bilish, qo‘l telefonlarida pornografik
va diniy mazmundagi videoroliklardan foydalanish xolatlari tekshirilib, salbiy oqibatlari
yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, maktablarda obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.