18 Yanvar 2025 yil 643

Termiz shahridagi mahalla yettiligi o‘rtasida kibertahdidlardan ogohlikka chaqiruvchi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Baxtiyor Inoqov hamda viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiber xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Mansur Xo‘jaevlar ishtirok etib, bugungi globallashuv jarayonida axborot texnologiyalarining o‘rni va bu soha orqali ayrim kimsalar ushbu yo‘nalishda g‘arazli niyatlarni oshirib kelayotganligi oqibatida, ko‘plab jinoyatlar sodir etilayotganligi hususida so‘z yuritdi.

Shuningdek,  axborot texnologiyalari sohasida sodir etilayotgan jinoyatlarning barvaqt oldini olish maqsadida fuqarolarning ushbu sohaga nisbatan ongini oshirish, fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini olib borish va unda nimalarga ahamiyat berilishi tushuntirildi.

Text to speech