Termiz shahridagi “Kelin-kuyovlar maktabi”-oilalar mustahkamligi uchun xizmat qiladi.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash
va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari doirasida Termiz
shahrida “Kelin-kuyovlar maktabi” faoliyat yuritib kelmoqda.
Maktabning 4 kunlik trening darslariga viloyat oila
va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Xidirova, shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi
boshlig‘i G.Rahmonova, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi
boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, O‘.Eshimova, Musulmonlar idorasi viloyat vakilligi
bosh otinoyisi X.Qosimova va Termiz shahar sog‘liqni saqlash xodimlari, psixolog
va mutassadi tashkilot rahbarlari va 15 juft yosh oila vakillari o‘z ma’ruzalari
bilan ishtirok etishib, trening qatnashchilariga hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.