Termiz shahridagi Xotira maydonida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, ajdodlarimiz Vatan oldida qilgan xizmatlari e’tirof etildi.
Inson uchun tinchlik bebaho ne’matdir.
Osoyishtaligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la
olmaydi. Shundanmi o‘zbek xalqi azal-azaldan tinchliksevarlik targ‘ibiga
bag‘ishlangan buyuk milliy ma’naviy merosga ega. 9 may sanasini Xotira va
Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz
zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotadi. Termiz shahridagi Xotira
maydonida ham bugungi nurafshon xotirjamlikni bizga baxshida etgan ajdodlarimiz
yodga olindi.
Viloyat xokimligi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi
va huquqtartibot organlari, viloyat IIB faxriylari hamda vatan himoyachilari
jam bo‘lgan maydon uzra harbiy orkestr tomonidan g‘alaba va xotira kuylari
sadosi ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Garchi qaddi
bukilgan bo‘lsada, bugungi yorug‘ kunlardan, tinchlik va osoyishtalikdan,
atrofi gulchambarlarga to‘lib, go‘yoki parishon onaning huzuri bayramona
ko‘rinish oldi.
Tadbirda Vatan uchun jon fido qilgan himoyachilar
xotirasi yodga olinib, oramizdagi fidoyi insonlarning, tinchlikning qadriga
yetish, urushni qoralash, tinch-osoyishta yashayotganimiz, turmush
farovonligini ta’minlash uchun kechani kecha kunduzni kundu, sovuqni-sovuq,
issiqni-issiq demay ter to‘kib, unumli mehnat qilayotganimizning shukronasi
keltirildi.
“Vatanparvarlik” bog‘ida urush yillarida
foydalanilgan harbiy texnikalar, qurol aslahalar bilan tanishish asnosini
beruvchi ko‘rgazmali “front maydoni”ni eslatuvchi jonli sahna yasatilgan. Ushbu
hududga tashrif buyurganlar urush yillari gavdalangan manzaraning guvohi
bo‘lishib, qurol aslahalar, kuch ishlatar tuzilmalarning sahnalashtirilgan
chiqishlarini tomosha qilishdi.
Bayram munosabati bilan yozilgan bir dasturxon
atrofida nuroniy va faxriylar dildan suhbat qurishib dorulomon kunlarga
shukronalar keltirishdi.
Ona Vatan oldida
ajdodlar xizmati e’tirof etilib, ularning ruhi yodga olindi. Zero xotira
hamisha muqaddas, qadr azizdir.