Termiz shahridagi xorijga ketgan yoshlar manzilli o‘rganilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni
Sh.Mirziyoev raisligida 2024 yilning 12 yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining
kengaytirilgan yig‘ilishidagi belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida,
Surxondaryo viloyati Termiz shahar bo‘yicha ichki ishlar organlarining hududiy tuzilmalariga
yoshlar biriktirildi.
Ushbu yoshlar orasida hozirda kunda Xorijiy mamlakatlarga ishlash, sayyohat,
o‘qish yoki sog‘ligini tiklash va boshqa maqsadlarda ketgan yoshlarning yashash
xonadonlariga borilib, ularning yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar o‘tkazilib oilaviy
muhiti va sharoitlari o‘rganilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad esa yoshlarning turli
yod g‘oyalar ta’siriga tushib qolishi hamda huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining
oldini olishga qaratilgan.