Termiz shahridagi 4 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Onalar yig‘ilishi” tashkil etildi.
Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2025-yil 29-mart kuni 10-11-sinf o‘quvchi qizlarining onalari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan yig‘ilishda,
viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markazi hamda 4-sonli umumiy
o‘rta ta’lim maktabi mas’ul rahbarlari, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha
boshqarmasi bolalar bilan ishlash bo‘limi Termiz shahar inspektor psixologlari o‘z
ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida,
davlatimizda “Xotin-qizlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, jamiyatda xotin-qizlarning
o‘rni”, “Voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida salomatlik, shaxsiy gigiena”, “Farzand
tarbiyasida ota-onaning o‘rni va qizlarni milliy qadriyat va an’analar ruhida tarbiyalash”,
“Qizlar o‘rtasida Odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati” kabi mavzularda mas’ullarning
ma’ruzalari tinglandi.
Shuningdek, yig‘lishda ishtirok etayotgan o‘quvchi qizlarning onalari ham so‘z olib, o‘quvchi qizlar tarbiyasi bilan shug‘ullanishda o‘z- fikr mulohazalarini bildirishib, qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.