Termiz shahridagi 26 sonli umumiy o‘rta- ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” mavzusida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019-yil 30-sentabrdagi
"Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining Ichki ishlar
organlarida amaliyotlarini tashkil etish to‘g‘risida"gi buyrug‘i hamda Akademiyaning
2023/2024 o‘quv yilidagi o‘quv jarayoni jadvali ijrosini ta’minlash maqsadida IIV
Akademiyasi boshlig‘ining 2024-yil 16-yanvar kunidagi 1-sonli Farmoyishining reja
topshirig‘iga asosan, amaliyot davomida har bir kursant o‘zi ta’lim olgan maktab
va IIV akademik litseyi, shuningdek o‘zi istiqomat qilayotgan mahalla fuqarolar
yig‘inlarida hamda oliy ta’lim muassasalarida "Vatan muqaddas, uni himoya qilish
sharafli burchdir!" mavzusida targ‘ibot tadbirini amalga oshirishlari ko‘rsatib
o‘tilgan.
Shu boisdan 2024 yil 6 fevral kuni Termiz shahrida joylashgan 26 sonli umumiy
o‘rta- ta’lim maktabning o‘quvchilari ishtirokida “Vatan muqaddas, uni himoya qilish
sharafli burchdir” mavzusida targ‘ibot-tashviqot uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbirda IIV Akademiyasi, Surxondaryo viloyati IIB va Termiz shahar IIB
mas’ul xodimlari hamda IIV Akademiyasi 3-o‘quv kursantlari ishtirok etishdi.
Ta’lim dargohida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida tadbir ishtirokchilari
tomonidan maktab o‘quvchi yoshlariga «Vatan» tushunchasining mazmun-mohiyati, sehru
jozibasi va qudrati uning hammaga tengligi va barchani birlashtira olishi, “Vatanparvarlik”
keng ma’noda kishining oilasiga, tug‘ilib o‘sgan yurtiga, xalqiga va vataniga bo‘lgan
pok tuyg‘usi, ya’ni muhabbati, muhabbat inson qalbidagi yuksak fazilat hamda jamiyatda
o‘zini namoyon etuvchi qadriyati, betakror madaniyatidan faxrlanishga, betakrorligini
saqlab qolishga, boshqalardan farq qiluvchi jihatlarini anglashga, g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga,
Vatan va xalq manfaatlarini himoya qilishga o‘rgatishi to‘g‘risida tushunchalar
berildi.
Bundan tashqari, maktab o‘quvchilariga
Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim dargohlari to‘g‘risida
ma’lumotlar berilib, mazkur ta’lim dargohlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘qishga
tanlov e’lon qilinganligini ma’lum qilishdi.
Tadbir davomida, o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan
savollariga javoblar olishdi.