Termiz shahridagi 20-sonli umumta’lim maktabida, “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida, sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Yozgi ta’til-bu o‘quvchilar uchun nafaqat dam olish, balki yangi bilim va ko‘nikmalar oshirish imkoniyatidir. Shu bois, mamlakatimiz bo‘ylab yozgi ta’tilni mazmunli tashkil maqsadida o‘quvchi yoshlar uchun bir qator san’at va sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bu kabi sayi harakatlar, Surxondaryo viloyatidaham o‘z aksini topmoqda.
Jumladan “Dolzarb 90 kunlik” chora-tadbirlar rejasi asosida, Termiz shahar
Manguzar mahallasida joylashgan 20-sonli umumta’lim maktabida, shahar IIB tashabbusi
bilan shu maktabda tahsil oluvchi o‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning voleybol turi
bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Mazkur tashabbuslar o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali o‘tkazish, ularning intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishiga hissa qo‘shish bilan bir qatorda, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolliklarini oshirishga xizmat qiladi.