Termiz shahrida jinoyatchilikni jilovlash yuzasidan tungi o‘rganish olib borildi
Surxondaryo viloyati
hokimi Ulug‘bek Qosimov va Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Abduvohid Ismoilov
mutasaddilar bilan Termiz shahrining "Bog‘ishamol" mahallasi hududidagi
Farovon massivida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar
profilaktikasi bo‘yicha tungi xizmatga jalb etilgan huquq tartibot organlari xodimlari
hamda "mahalla beshligi"ning hamkorlikda xizmat olib borish jarayonlarini
ko‘zdan kechirishdi.
Shuningdek, massivning
bosh rejaga muvofiqligi ko‘rib chiqilib, mas’ullarga yangi loyihalarni amalga oshirishda
unga qat’iy rioya qilish bo‘yicha ogohlantirish berildi.
O‘rganish jarayonida
mahalla faollari bilan suhbat qilinib, aholining muammo va takliflari tinglandi.
Avvalgi tashrifda berilgan topshiriqqa ko‘ra, avtomobillar turar joyi va ko‘p qavatli
uylarning yerto‘lasida sport zali, kutubxona tashkil etish ishlari bilan tanishildi.