24 Sentyabr 2023 yil 561

Termiz shahrida jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikning oldini olish tadbirlari o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Abduvoxid Ismoilov mutasaddilar bilan Termiz shahrida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini olib borish bo‘yicha tungi reyd tadbirlarida ishtirok etishdi.

 Reyd va o‘rganish tadbirlari Termiz shahridagi “Bog‘ishamol” mahallasida o‘tkazildi. Mahallada 5 minga yaqin xonadonda 23,5 ming aholi istiqomat qiladi. Hududda 76 ta ko‘p qavatli turar joylar bo‘lib, ijarada turuvchi talabalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Mahallada jinoyatchilik o‘tgan yilga nisbatan oshganligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha etarli ishlar amalga oshirilmaganligi, obodonlashtirish, chiqindilarni olib chiqish ishlari qoniqarsiz ekanligi qattiq tanqid qilindi.

 Viloyat rahbari hududni tartibga keltirish, avtomobillar turar joyi va yangi Boshqaruv servis kompaniyalari tashkil etish, ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalardan samarali foydalanib, sport zallari tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

 Profilaktik reyd tadbirlari viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.

Text to speech