Termiz shahrida tungi vaqtda aholi tinchligini ta’minlash yo‘lida xizmatga jalb qilingan xodimlar faoliyati viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan o‘rganildi.
Joriy yilning 24 sanasidan 30 sanasiga qadar Surxondaryo
viloyatida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish shuningdek xavfsiz
hayotni ta’minlash maqsadida, “Dolzarb haftalik” etib belgilandi.
Ushbu haftalik doirasida, Surxondaryo viloyat IIB mas’ullari
tomonidan qator chora-tadbirlar olib borilmoqda, kuni kecha boshqarma boshlig‘ining
1-o‘rinbosari Baxtiyor Inoqov dastavval Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasida
bo‘lib, Termiz shahri hududida ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish xizmatini to‘g‘ri
tashkil etish borasida tergov tezkor guruhiga kerakli yo‘riqnomalar berildi.
Shuningdek sutkaning tungi vaqtlarida xizmat olib borayotgan
sohaviy xizmat xodimlarining ish faoliyati ham o‘rganildi. Shaharning aholi gavjum
joylarida jamoat tartibini saqlashga mas’ul bo‘lgan Patrul post xizmati xodimlari
va Yo‘l patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyati bilan tanishish asnosida piyodalar
va haydovchilarning harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladigan yo‘l yotiq
chiziqlarining chizilish jarayonlari ham ko‘zdan kechirildi.
Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
tomonidan navbatdagi o‘rganish manzili Manguzar muntazam yo‘l patrul xizmati maskani
bo‘ldi va manzilda xizmat burchini bajarayotgan xodimlarning ish faoliyati bilan
tanishib avtotransport vositalari bilan bog‘liq holatlar yahni avtomashinalar olib
qochilishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish borasida zarur choralarni ko‘rish
bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.