4 Iyul 2024 yil 339

Termiz shahrida tibbiyot xodimlari o‘rtasida Kibermadaniyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Termiz shahridagi Nurli kelajak mahallasi hududida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi.

Tashkil etilgan targ‘ibot tadbiri Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika inspektori tomonidan tibbiyot xodimlari ishtirokida tashkil etildi.

Tadbir davomida, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz kiberjinoyat, firibgarlik, o‘g‘rilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida so‘z yuritilib, ushbu jinoyat qurboniga aylanib qolmaslik uchun amal qilishi lozim bo‘lgan choralar va ijtimoiy tarmoqlar orqali berilayotgan har xil turdagi aldovlarga ishonmasliklari tushuntirildi.

Targ‘ibot tadbiri yakunida, targ‘ibot ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.

Text to speech