22 Iyun 2024 yil 398

Termiz shahrida sodir etilgan jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash bilan birga, jamoatchilik ishtirokida jinoyat va uning salbiy oqibatlarini muhokama qilib borish ham sodir etilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Termiz shahar IIB rahbariyati hamda Termiz shahar soliq inspeksiyasi tomonidan mahallalarda doimiy o‘tkazib kelinayotgan jinoyatchilik muhokamasi tadbirlari ham ayni maqsadlarga qaratilgan.

Keng jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokida sodir etilgan og‘ir turdagi jinoyatlar muhokama etildi.

Yig‘ilishda, atrofda bo‘layotgan har qanday voqea va hodisaga e’tiborli bo‘lish, unga dahldorlik hissi bilan yashashgina jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi eng samarali vosita ekanligi tushuntirildi.

Text to speech