Termiz shahrida sodir etilgan jinoyat keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.
Surxondaryo viloyati
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari B.Inoqov, sektor rahbarlari,
mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Bog‘ishamol” hamda “Katta
bog‘” mahallalarida sodir etilgan Transport vositasini olib qochish jinoyati muhokamasi
o‘tkazildi.
Termiz shahar IIB
boshlig‘i O‘.Shukurov sodir etilgan noxush jinoyatning kelib chiqish sabablari va
uning oqibatlarini keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazdi.
Viloyat IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari B.Inoqov mahalla yettiligi va faollari
har qanday salbiy holatlarni sodir bo‘lishiga imkon yaratmasliklari, balki uni oldini
olishga harakat qilishlari, mahalladagi fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar olib
borish zarurligini, qolaversa, yoshlar jamiyatda
yurish-turish qoidalariga rioya etib, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, foydali
mashg‘ulot bilan o‘tkazishini nazorat qilish zarurligi shuningdek har bir avtoulov
egalari hushyor va ogoh holda bo‘lishlari har bir haydovchi o‘z avtoulovlarini ochiq
qoldirmasliklari, jinoyat sodir etilishiga sharoit yaratib bermasliklari yig‘ilganlarga
tushuntirildi.
Muhokama yig‘ilishida
shahar hududida, bu kabi jinoyatlarni sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan
tegishli mutasaddilarga muhim chora-tadbirlar belgilab berilib, ijrosi nazoratga
olindi.
Yig‘ilish yakunida, yo‘l
harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan ishtirokchilarga ogohlikka chorlovchi bukletlar
tarqatildi.