Termiz shahrida Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan mahallalar kesimida targ‘ibotlar davom ettirilmoqda
"Xavfsiz va sog‘lom yurt" shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida Termiz shahrining Sahovat mahallasida Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda fuqarolarga jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda zamonaviy qo‘riqlashning texnik vositalari, qo‘riqlash xizmati turlari hamda tezkor harakatlanuvchi guruhlarning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirkorlik sub’ektlari mas’ullari bilan ham uchrashuvlar
o‘tkazilib, xavfsizlikni ta’minlash, mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish
bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Bu kabi chora-tadbirlar jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarning osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamoat tartibini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.