4 Oktyabr 2024 yil
514
Termiz shahrida probatsiya nazorati ostida turuvchi ayollar bilan psixolog uchrashuvi tashkil etildi.
Bugun Termiz shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya
nazorati ostidagi yoshlar va ayollar bilan Termiz shahar hokimi o‘rinbosari G.Raxmonova
va Probatsiya guruhi inspektori D.Allanazarovalar “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy
ma’rifat markazi psixologi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda markazning
imkoniyatlari, yaratilgan shart-sharoitlar, kasbiy va xorijiy til o‘rganish, xususiy biznesni yo‘lga qo‘yish va biznes reja yaratish, shuningdek markaz psixologi bilan amaliy mashg‘ulotlarda motivatsiya
olish orqali o‘zlarining oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish yo‘llarini o‘rganishdi.
Shu bilan birga o‘qish va kasb o‘rganishga ishtiyoqi qiziqishi yuqori bo‘lgan ayollar kelgusida
ushbu markazda bilim va tajriba
orttirishni maqsad qilishdi.